06 avg 17:01
Yangiliklar
US Open-2020 chempioni o'tgan yilgi gonorardan salkam million dollar kam oladi (to'liq gonorarlar taqsimoti)
Bu yilgi mukofot jamg'armasi o'tgan safargi umumiy gonorar fondining 95 foizini tashkil etadi. Yani, gonorar jamg'armasi 5 % qisqarib, 57 milliondan 53,4 million dollarga kamaytirildi. Bu summaga koronavirus pandemiyasi sabab tennischilarga beriladigan 7,6 million dollar ham kiritilgan.
SHu tariqa, turnirning asosiy to'r birinchi davrasida ishtirok etadigan erkak va ayol tennischilar natijadan qatiy nazar 61 000 dollarlik (o'tgan yilgidan 3000 dollar kam) chekni qo'lga kiritishadi. Ikkinchi bosqich uchun 100 000, uchinchi davraga 163 000 dollar tayyorlab qo'yilgan. To'rtinchi davraga chiqqan tennischilar 250 000 dollar (o'tgan yilgidan 30 000 dollar kam), chorak finalga etib kelganlar 425 000 (o'tgan yilgidan 75 000 kam), yarim final - 800 000 (o'tgan yilgidan 160 000 kam), final qatnashchisi - 1,5 million (o'tgan yilgidan 400 000 kam) gonorarga ega bo'ladi. CHempion tennischi o'z hamyonini 3 million (o'tgan yilgidan 850 000 kam) dollarga boyitib oladi.
Fikrlar