01 sen 08:06
Yangiliklar
US Open 2026. Birinchi raketkamiz ham g'alaba bilan boshladi
O'tgan hafta yakunlariga ko'ra O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylanib olgan Mariya Timofeeva 1/64 final uchrashuvini o'tkazadi. Vakilamiz birinchi davrada sloveniyalik Tamara Zidanshek bilan hisob-kitob qildi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Mariya raqibasini 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Timofeeva hozirda WTA reytingida 86, saralash bahslaridagi uchta g'alabasi evaziga asosiy to'rga etib kelgan Zidanshek esa 146-pog'onadan joy olgan. Mariya 2, Tamara 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Zidanshekda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Timofeevaning 1/32 finaldagi raqibasi bugun dunyoning 20-raketkasi, belgiyalik Elize Mertens hamda reytingning 107-pog'onasida borayotgan ispaniyalik Ketlin Kuvedo o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

Fikrlar