06 sen 12:13
Yangiliklar
Tennis

US Open. Anderson - ikkinchi yarim finalchi!
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti. Birinchilardan bo'lib ispaniyalik Pablo Karreno-Busta yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Hozirgina bu tennischining final ostonasidagi raqibi malum bo'ldi.
Ikkinchi chorak final
juftligida dunyoning 21-raketkasi amerikalik Sem Kuerri reytingda 32-pog'onadan
joy olgan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga yutqazib qo'ydi. Uch
soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Anderson 7:6(5), 6:7(9), 6:3, 7:6(7)
hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar