10 sen 15:20
Yangiliklar
Tennis

US Open. Bugun finalda Nadal va Anderson to'qnash keladi
Bugun AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri o'z yakuniga etadi.
Bizning vaqt bilan soat 23:00da musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslari final uchrashuvi boshlanadi. Unda dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqadi.
Bugungi final Nadal uchun US Open turniridagi to'rtinchi final bo'ladi. U bugun “Katta Dubulg'a” turnirlaridagi 16-sovrinini qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. Anderson esa ushbu turnirda faoliyatida hech qachon 3-bosqichdan nariga o'tmagan edi.
US Open. Nyu-York (AQSH). Xard
Sovrin jamg'armasi – 24 193 400 dollar
Final
Rafael Nadal (Ispaniya, 1) – Kevin Andersson (JAR, 28)
Havola :
Fikrlar