09 sen 12:01
Yangiliklar

US Open. Finalda Nadal va Anderson to'qnash keladi
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida final uchrashuvi ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal yarim finalda argentinalik Xuan Martin Del Potroga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Nadal raqibini 4:6, 6:0, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Rafaning bosh mukofot uchun uchrashuvdagi raqibi Kevin Anderson (JAR) bo'ladi. Anderson ispaniyalik boshqa bir tennischi Pablo Karreno-Bustani 4:6, 7:5, 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Bu Nadal uchun US Open turniridagi to'rtinchi final bo'ladi. Anderson esa ushbu turnirda faoliyatida hech qachon 3-bosqichdan nariga o'tmagan edi.
US Open. Nyu-York (AQSH). Xard. Sovrin jamg'armasi – 24 193 400 dollar
Yarim final
Rafael Nadal (Ispaniya, 1) – Xuan Martin Del Potro (Argentina, 24) – 4:6, 6:0, 6:3, 6:2
Kevin Andersson (JAR, 28) – Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 12) – 4:6, 7:5, 6:3, 6:4
Fikrlar