18 mar 14:43
Yangiliklar
US Open kuzga ko'chirilgan "Rolan Garros"ni tanqid qildi
"AQSH tennis associaciyasi ayni paytda US Open-2020 turniriga tayyorgarlik ko'ryapti va shu bilan birga taqvimga o'zgartirish kiritish haqida o'ylamayapti. Lekin baribir oldindan bir narsa deyish qiyin. Vaziyatni o'zingiz ko'ryapsiz. Har qanday holatga tayyor turibmiz. O'zgarish bo'lgan taqdirda ham turnirni kutilganidan ham kechroq muddatda o'tkazamiz.
Lekin biz boshqa holatdan xafamiz. "Rolan Garros" tashkilotchilari turnirni hech kim bilan maslahatlashmagan holda o'zlari xohlagan vaqtga ko'chirishdi. Bunday vaziyatlarda maslahatlashib ish ko'rgan maqul. US Open bu mavzuda boshqa "Katta Dubulg'a" turnirlari, shuningdek, WTA, ATP, ITF musobaqalari hamda hamkorlar bilan maslahatlashadi", - deyiladi US Open bayonotida.
Eslatib o'tamiz, o'zgarishdan so'ng shu narsa ayon bo'ldi-ki, "Rolan Garros" US Open musobaqasi yakunlanganidan bir hafta o'tib boshlanadi.
Fikrlar