11 apr 09:19
Yangiliklar
Tennis
US Open muxlislarsiz o'tkazilishi mumkin
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chemionati muxlislarsiz o'tkazilishi mumkin ekan.
Bu haqida britaniyalik jurnalist Saymon Briggs xabar berdi.
Uning aytishicha, US Open rahbariyati koronavirus pandemiyasida ijobiy tomonga o'zgarish bo'lmasa, turnirni muxlislarsiz o'tkazish variantini ko'rib chiqadi. 13 iyulga qadar ATR, WTA va ITF turnirlari to'liq to'xtatilgan.
Avvalroq AQSH Ochiq chempionatini dekabr oyiga ko'chirish masalasi ham ko'tarilgan edi. Taqvim bo'yicha US Open turnirining 24 avgust - 13 sentyabr kunlari oralig'ida o'tkazilishi belgilangan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar