01 iyu 11:36
Yangiliklar
US Open turnirida sezilarli o'zgarishlar bo'ladi
Bu o'zgarishlar asosan erkaklar o'rtasidagi musobaqaga qo'llaniladi. O'yinlar avvalgidek ko'pi bilan 5 ta emas, 3 ta setdan iborat bo'ladi.
Kutilayotgan o'zgarishlar:
* turnirni muxlislarsiz o'tkazish (turnir xarajatlari homiylik va translyaciya to'lovlaridan qoplanadi);
* tennischilarga charter reyslarni tashkil qilish;
* turnirga aloqador barchadan majburiy tarzda koronavirusga qarshi tahlil olish;
* turnirga aloqador barchaning kunlik tana haroratini o'lchash;
* tennischilarning bir joyda yashashini taminlash;
* kortdagi hakamlar sonini qisqartirish;
* faqat katta yoshdagi bolboylar tanlanadi;
* tennischilar o'yindan keyin kiyinish xonasiga kiritilmaydi;
* erkaklar o'rtasidagi bahslar uch setlik formatda o'tkaziladi.
Fikrlar