05 dek 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik yilning eng yaxshi sportchisi bo'lishi mumkin
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni BBC talqiniga ko'ra 2018 yilning eng yaxshi sportchisi deb topilishi mumkin.
Ukrainalik 31 yoshli bokschidan tashqari yana uch nafar nomzod yil sportchisi bo'lish uchun davogarlik qiladi. Nomzodlar ro'yxatida amerikalik gimnastikachi, Olimpiada chempioni Simone Bayls, italiyalik golfchi Franchesko Molinaro hamda chexiyalik snoubordchi Ester Ledeckaya bor.
Malumot uchun, yilning eng yaxshi sportchisiga ovoz berish jarayoni BBC rasmiy saytida 15 dekabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti) gacha davom etadi.
Havola :
Fikrlar