So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 avg 18:14
Yangiliklar

SHaxmat

“Uyda qol – g'alaba qozon”: Bugun shaxmat bo'yicha onlayn musobaqaning ikkinchi turi boshlanadi

Teglar :  SHaxmat
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida sog'lom turmush tarzini yanada ommalashtirish, aholi orasida sportning shaxmat turini keng targ'ib etish maqsadida joriy yil 20 iyuldan onlayn shaxmat musobaqasiga start berilgandi.

“Uyda qol – g'alaba qozon” shiori ostida tashkil etilgan shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasida qatnashish uchun shu kungacha 3 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz CHESS.COM saytida “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” https://www.chess.com/club/uzbekiston-respublikasi... sahifasi orqali ro'yxatdan o'tishgani haqida xabar bergandik. Biroq bu so'nggi chegara emas va musobaqada qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz bemalol, hozirning o'zidayoq yuqorida ko'rsatilgan manzil orqali ro'yxatdan o'tishlari va shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasiga qo'shilishlari mumkin.

Bugun, 10 avgust kuni ushbu onlayn musobaqaning ikkinchi turniriga start beriladi. Ikkinchi turnir o'yinlariga 19 avgustda yakun yasaladi.

Eslatib o'tamiz, har bir turnir yakuniga ko'ra eng kuchli 10 nafar shaxmatchi saralab olinadi. Ular esa joriy yilning 20 dekabrida Toshkentda o'tkaziladigan Grand Finalda qatnashish hamda musobaqa g'olibiga aylanib, Spark avtomobilini qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lishadi. SHoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Karantin davrida shaxmat o'ynang hamda Yangi yilni yangi avtomobil bilan kutib oling!

O'yinlar har kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Barchaga omad tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing