So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

06 apr 19:21
Yangiliklar

Boshqalar

#uydaqol! # hayotgaqo'shil! chellenjida faol qatnashing va qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting!

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida “6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yo'lida Xalqaro sport kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug'ullanishni keng targ'ib etish maqsadida o'ziga xos salomatlik akciyasini elon qiladi.

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat o'z salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovg'alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Buning uchun siz:

1) karantinda uyda qolib oila azolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda o'zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Videoroliklarni baholashda:

taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila azolari uy sharoitida sport bilan shug'ullanish jarayoni aks etganligi;
uyda sport bilan shug'ullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
videorolikning sifati;
ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shug'ullanishga davat etgan (chaqiriq) bo'lishi;
videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga etibor qaratiladi.
CHellenj joriy yilning 6-26 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Har to'rtinchi kunda chellenjning uch kunlik g'oliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida faol ishtirok eting va sovg'alarni qo'lga kiriting.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing