So’nggi yangiliklar

12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0

09 sen 07:50
Yangiliklar

Boshqalar

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida navbatdagi g'oliblar

Teglar :  UydaqolCHellenj
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi pandemiya davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug'ullanishni targ'ib qilish maqsadida tashkil etgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida navbatdagi g'oliblar aniqlandi.

Joriy yilning 3 avgustdan qayta yo'lga qo'yilgan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat o'z salomatliklarini mustahkamlashi, balki qimmatbaho sovg'alarni yutib olishlari mumkin.

31 avgust – 6 sentyabr kunlari oralig'ida o'tkazilgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida yurtdoshlarimiz o'zlari tomonidan tasvirga olingan navbatdagi videoroliklar bilan qatnashdi. Mamlakatimizdagi sportsevar oilalar tomonidan 100ga yaqin videorolik qabul qilindi va hakamlar hayati tomonidan eng yaxshi deya etirof etilgan 3 tasi g'olib deb topildi.

Etiborli jihati, bu galgi g'oliblik viloyatlarimiz nomidan ishtirok etganlarga nasib etdi. Unga ko'ra 1-o'rin Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, “SHirin” mahallasida istiqomat qiluvchi Esanovalar oilasiga nasib etdi.

Hakamlar hayati qarori bilan, chellenjning 2-o'riniga Toshkent viloyati, CHirchiq shahri, Alisher Navoiy ko'chasida istiqomat qiluvchi Qodirovlar oilasi yuborgan videorolik munosib ko'rildi.

Uchinchi o'rin bilan Toshkent shahri Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Lebedovlar oilasi taqdirlandi.

CHellenj g'oliblari velotrenajyor bilan mukofotlanadi.

Siz ham #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting. Unutmang, chellenj   2020 yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing