13 sen 12:43
Yangiliklar
Kurash bo'yicha I Jahon harbiy CHellenjining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri SHuxrat Xalmuxamedov, Sport vaziri Adham Ikramov, Bosh prokurorining o'rinbosari - Harbiy prokuror Qahramon Isroilov, CISM o'yinlar menejeri Reza Bagheri Koli, CISM Bosh kotibi Roberto Recchia, Eron CISM tashkiloti rahbari, CISM Osiyo kengashi azosi Jamshid Fouladi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Xalqaro kurash associaciyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Ziyoviddin Xodjiniyazov ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli sanatkorlar ishtirokida milliy va sharqona kuy-qo'shiqlarni o'zida mujassam etgan koncert dasturi namoyish etildi.

SHuningdek, harbiy xizmatchilarning ko'rgazmali chiqishlari tadbirga o'zgacha ruh bag'ishlab, mehmonlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Musobaqada turli davlatlardan tashrif buyurgan harbiy sportchilar kurash bo'yicha o'zaro kuch sinashib, yuqori sport natijalari uchun bahs olib boradi.






Fikrlar