So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

22 avg 07:22
Yangiliklar

Boshqalar

​#uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida navbatdagi g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Uyda qolCHellenj
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug'ullanishni targ'ib qilish maqsadida tashkil etgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenji qizg'in davom etmoqda.

3 avgustdan boshlangan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat o'z salomatliklarini mustahkamlaydi, balki qimmatbaho sovg'alarni yutib olish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

10-16 avgust kunlari oralig'ida o'tkazilgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida yurtdoshlarimiz birinchi haftadan farqli o'laroq anchayin faol qatnashdi. Misol uchun, chellenjga sportsevar oilalar tomonidan 300ga yaqin videorolik yuborilgan bo'lsa, ularda 800 nafardan ortiq yurtdoshimiz o'z imkoniyatini sinab ko'rishdi. Yani, oilaviy chellenjda aksariyat yurtdoshlarimiz oila azolari bilan birga, kamida 3-4 kishi bo'lib qatnashmoqda. Bu esa tashkilotchilar birlamchi maqsadiga erishayotganini anglatadi. CHunki, #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjini tashkil etishdan ko'zlangan maqsad - unda yurtdoshlarimizning butun oila bo'lib ishtirok etishini taminlashdan iborat edi.

Etiborli tarafi, chellenjda Toshkent shahri ancha faol qatnashmoqda. Sababi, bu safar ham poytaxtliklar biryo'la ikkita sovrinni qo'lga kiritishdi.

Hakamlar hayati qarori bilan, chellenjda 1-o'rin Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-dahada istiqomat qiluvchi Isaevlar oilasiga nasib etdi.

2-o'rinni ham Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida istiqomat qiluvchi SHubinlar oilasi tomonidan tayyorlagan videorolik egalladi.

3-o'ringa bu safar Navoiy viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo'limi shug'ullanuvchisi Gulasal SHavqiddinova tomonidan yuborilgan videorolik munosib topildi.

CHellenj g'oliblari velotrenajyor bilan mukofotlanadi.

Siz ham #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting. Unutmang, chellenj   2020 yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing