So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

10 may 21:26
Yangiliklar

Boshqalar

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenji yakuniga etdi, tanlovga 20 mingdan ortiq yurtdoshimiz qamrab olindi

Teglar :  Sport vazirligi
6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yo'lida Xalqaro sport kuni munosabati bilan tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqo'shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham yakuniga etdi.

Karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni keng targ'ib etish maqsadida o'tkazilgan ushbu akciya vatandoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni chellenjga yurtdoshlarimiz 10 mingdan ortiq videoroliklar yuborishganidan ham bilish qiyin emas.

CHellenj shartlariga ko'ra, yurtdoshlarimiz uy sharoitida va oila azolari davrasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni targ'ib qilishlari kerak edi. Tanlovga kelib tushgan aksariyat videoroliklarda butun oila azolari qatnashganligini inobatga olsak, chellenjga kamida 20 ming, balki undan ham ko'proq yurtdoshlarimiz qamrab olindi.

Bugun yakunlangan chellenjning ikkinchi fasl so'nggi turiga ham mingga yaqin video kelib tushdi. Ular orasida Navoiy viloyati Nurota tumanida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasi tomonidan yuborilgan videorolik ko'pchilikning hayratiga sabab bo'ldi. Unda 86 yoshli buvi hamda ularning 68 yoshli o'g'li va 63 yoshli kelini farzandlari-yu nabiralari bilan birga jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanayotgani aks etgan.

Hakamlar hayati qaroriga ko'ra bu safar quyidagi roliklar g'oliblikka munosib ko'rildi:

1-o'rin: Toshkent shahar Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Ahmedbabaevlar oilasi;

2-o'rin: Navoiy viloyati Nurota tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Hayitovlar oilasi;

3-o'rin (ikkita): Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Normo'minovlar hamda Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi Islomovlar oilasi.

#uydaqol #hayotgaqo'shil #sportchallenge chellenji yakuniga etgan bo'lsa-da, sport ixlosmandlari aslo zerikib qolishmaydi. Ertadan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan elon qilingan yangi akciya – shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasida birinchi onlayn O'zbekiston chempionatiga start beriladi.

SHunday ekan, sport bilan o'yinda qoling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing