21 iyu 11:52
Yangiliklar
Uzbekistan Team Magnus Karlsen boshchiligidagi amaldagi chempionlarni mag'lub etdi va 1/2 finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 310 ming evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada 40 dan ortiq jamoa tarkibida 300 nafardan ziyod shaxmatchi chempionlik uchun kurashyapti. Jamoaviy jahon chempionatida etakchi grossmeysterlarimizdan tarkib topgan Uzbekistan Team jamoasi saralash bahlarini ikkinchi o'rinda yakunab, pley-offga yo'l olgandi. SHaxmatchilarimiz 1/8 finalda Ozarbayjonning Odlar Yurdu jamoasini 3:1 hisobida taslim etishdi.

Hozirgina yakuniga etgan chorak finalda esa Uzbekistan Team blic bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsen boshchiligidagi WR Chess jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, 1/2 finalga yo'l oldi. Ilk uchrashuvda jamoamiz nomdor raqiblarini 3,5:2,5 hisobida engishdi. Javob bahsida 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi va ikki o'yin natijasiga ko'ra Uzbekistan Team g'alaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov birinchi partiyada oq donalarda Magnus Karlsenga yutqazgan bo'lsa, javob uchrashuvida qora donalarda afsonani taslim etdi.
WR Chess jamoasi ikki yildan beri jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'lib kelayotgandi. Demak, chempion o'zgaradi. Jamoamizning 1/2 finaldagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.

Fikrlar