So’nggi yangiliklar

12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0

09 iyu 21:01
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". 4-turdan so'ng "Masters" va "Futures" guruhlarida shaxmatchilarimiz yakka peshqadam!

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Qizig'i, turnirning "Masters" va "Futures" guruhlarida o'zbekistonlik shaxmatchilar yakka peshqadam bo'lib olishdi. 

Bugun istedodli grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2634) Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi, "Uzchess Cup" turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan Parham Maqsudluni taslim etdi va "Masters" guruhida 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Xitoylik YU Yang Yi (2715) hamda bu turda Nodirbek Abdusattorovdan ustun kelgan Javohir Sindarov (2668) 2,5 ochko bilan ikkinchi va uchinchi o'rinlarni band etishgan. Richchard Rapport, Nodirbek Abdusattorov va Aleksey Sarana hisobida 2 ochkodan bor. 

"Challengers" guruhida 4-turdan so'ng serbiyalik Aleksandar Indjich 3 ochko bilan yakka karvonboshilik qilyapti. Hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov bu turda turkiyalik Mustafa Yilmaz bilan durang o'ynadi. U 2,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Jahongir Vohidov 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasab bergan. Mustafo Yilmaz, Maksim Matlakov, Aleksandr Donchenko va Abhijit Gupta hisobida ham 2 tadan ochko bor. 

Va nihoyat, "Futures" guruhida 4-turdan so'ng o'zbekistonlik uch nafar shaxmatchi kuchli uchlikdan joy olib turibdi. Ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Muhammadzohid Suyarov (2430) 3,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni qo'lga oldi. Muhiddin Madaminov va Saidakbar Saydaliev hisobida 2,5 tadan ochko bor. Bugun Humoyun Begmuratovni taslim etgan eronlik Bardiya Daneshvar ham o'z ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing