So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

23 iyu 11:07
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Abdusattorov asosiy raqibi bilan o'ynadi, Sindarovda kutilmagan natija, 4-turning barcha natijalari bitta xabarda

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnir davom etmoqda.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 4-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda asosiy raqiblaridan biri, hindistonlik grossmeyster Arjun Ergaisi bilan durang o'ynadi. Javohir Sindarov esa biroz kutilmaganda yana bir hind shaxmatchisi Rameshbabu Praggnanandhaga yutqazib qo'ydi. Nodirbek Yakubboev ham bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U eronlik Parham Maqsudluga imkoniyatni boy berdi. SHamsiddin Vohidov bu turda qora donalarda vengriyalik Richard Rapport bilan murosaga keldi. 

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda xitoylik Ma Kun bilan durangga erishdi. Muhiddin Madaminov peshqadamlik uchun kechgan bahsda greciyalik Nikolas Teodorouga yutqazdi. Jahongir Vohidov ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukni mag'lub etishni uddaladi. Yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov Vitaliy Sivuk bilan ochkolarni bo'lishib oldi. 

Futures guruhining 4-turida Saidakbar Saydaliev oq donalarda Alan Pichotni taslim etdi. Humoyun Begmuratov Klementi Sichyov bilan durang qayd etdi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov g'alabali seriyasini davom ettirdi. Bu safar u Robert Rakdan ustun keldi. Abdimalik Abdisalimov Boris CHatalbashevga yutqazib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing