So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

26 iyu 11:00
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Abdusattorov asosiy raqiblaridan birini yutdi, Sindarovda ham g'alaba, 7-turning barcha natijalari bitta xabarda

Dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 7-tur ortda qoldi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 7-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda asosiy raqiblaridan biri, eronlik grossmeyster Parham Maqsudluni mag'lub etishni uddaladi. Javohir Sindarov ham oq donalarda o'ynab, hindistonlik CHithambaram Aravindhni mag'lubiyatga uchratdi. 

Jahon chempioni Yan Nepomnyashiy hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan durang qayd etdi. Nodirbek Abdusattorovga ushbu turnirdagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev o'zbek derbisida SHamsiddin Vohidov bilan murosaga keldi. Hindistonlik mashhur grossmeyster, dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan Arjun Erigaisi vengriyalik Richard Rapport bilan durangga imzo chekdi. 

Challengers guruhining 7-turida greciyalik peshqadam Nikolas Teodorou ozarbayjonlik Nijat Abasov bilan durangga rozi bo'ldi. Muhiddin Madaminov oq donalarda amerikalik Endryu Hongni mag'lubiyatga uchrata oldi. Gulruhbegim Tohirjonova Vitaliy Sivuk bilan murosaga keldi. Muhammadzohid Suyarov o'zbek derbisida grossmeyster Jahongir Vohidovni taslim etdi. 

Futures guruhining ortda qolgan 7-turida peshqadam Ortiq Nig'matov kutilmaganda daniyalik Boris CHatalbashevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Saidakbar Saydaliev qora donalarda turkmanistonlik grossmeyster Saparmirat Atabaev bilan durang o'ynadi. Yana bir o'zbek derbisida grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov Humoyun Begmuratovdan ustun keldi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing