So’nggi yangiliklar

18:30"Яхши ишлаяпти". Дана Уайт Арман Царукянни UFC'нинг энг йирик юлдузлари қаторига қўшди 0 17:48"Стрикленд Чимаев билан реванш ўтказмаслиги ҳам мумкин" - Дана Уайт 0 17:05"Гэтжи фаолиятини якунлаши ва камарни бўшатиши керак" - Арман Царукян 0 16:24Расман: Пьер-Эмерик Обамеянг Испанияга қайтди 0 15:55Конор яна Холлоуэй билан жанг истамоқда, Дана Уайт эса бунга муносабат билдирди 0 14:56Гусковга ягона мағлубиятини тақдим этган Ўздемир 16 ойга дисквалификация қилинди 0 14:28Конор Макгрегор UFC’даги навбатдаги рақибини эълон қилди 0 13:52Луис де ла Фуэнте Испания ЖЧ-2026 финалида Мессини қандай тўхтатмоқчи эканлигини айтди 0 13:19"Кучли бўлиб қайтаман" – Муроджон Аҳмадалиев операция қилинди (ФОТО) 0 12:54Бугун ёшлар ўртасида Осиё чемпионати старт олади. Илк кун 10 нафар дзюдочимиз татамига чиқади 0 12:25UFC Fight Night 281 тарози натижалари, икки жангчи вазн қила олмади 0 11:58"Тарихдаги энг буюк воқеа". Инфантино ЖЧ-2026 финали олдидан Оқ уйга мурожаат қилди 0 11:33Olamsport.com сайти Шоҳжаҳон Эргашев машғулотида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 11:06Дзюдочиларимиз 20 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди. Қозоғистон 9 та олтин медалга ортда қолдирилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:40Ислам Махачев иккинчи UFC камаридан кейин ҳаёти қандай ўзгарганини айтди 0

27 iyu 10:26
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Abdusattorov jahon chempioni bilan o'ynadi, o'zbek derbisida murosa, 8-turning barcha natijalari bitta xabarda

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan, dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 8-tur ortda qoldi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 8-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy bilan durang o'ynadi. Musobaqani biroz omadsiz o'tkazayotgan SHamsiddin Vohidov eronlik grossmeyster Parham Maqsudlu bilan murosaga keldi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubbboev o'rtasidagi o'zbek derbisida ham kuchlar teng keldi. Hindistonlik grossmeysterlar Rameshbabu Pragnanandha va Arjun Ergaisining o'zaro uchrashuvida Pragg g'alaba qozondi.   

Challengers guruhining 8-turida greciyalik peshqadam Nikolas Teodorou ukrainalik afsonaviy shaxmatchi Vasiliy Ivanchukka imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov ozarbayjonlik taniqli grossmeyster Nijat Abasovni mag'lub etishni uddaladi. Muhiddin Madaminov oq donalarda Gulruhbegim Tohirjonovani mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Vitaliy Sivuk grossmeysterimiz Jahongir Vohidovdan ustun keldi. 

Futures guruhining ortda qolgan 8-turida Ortiq Nig'matov kutilmaganda yana bir hamyurtimiz Saidakbar Saydalievga yutqazib qo'ydi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Nig'matov 7-turda daniyalik Boris CHatalbashevga ham imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Turkmanistonlik Saparmirat Atabaev vengriyalik Robert Rakdan ustun keldi. Grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov Klementi Sichevga yutqazdi, Humoyun Begmuratov esa angliyalik Alan Pichot bilan durang qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing