So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

24 iyu 12:02
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Abdusattorov va Sindarovda g'alaba, 5-turning barcha natijalari bitta xabarda

Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 5-tur ortda qoldi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 5-turida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik CHithambaram Aravindhni mag'lubiyatga uchratdi. Bu mag'lubiyat sabab Aravindh live reytingida 20-o'ringa tushib ketdi. Nodirbek esa aksincha, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni ortda qoldirib, 6-o'ringa ko'tarilib oldi. 

O'tgan turdagi alamli mag'lubiyatdan keyin Javohir Sindarov bu safar vengriyalik Richard Rapportdan ustun keldi. Rappord 3-turda Nodirbek Abdusattorovga ham yutqazgandi. Eronlik Parham Maqsudlu peshqadamlardan biri Praggnanandhaaga qarshi uchrashuvdagi muqarrar mag'lubiyatni g'alabaga aylantira oldi. 

Jahon chempioni Yan Nepomnyashiy uchun Toshkent turniri omadsiz kelmoqda. Bu safar u grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev bilan durang o'ynab, qimmatli ochko yo'qotdi. Yana bir omadsiz ishtirokchi SHamsiddin Vohidov hindistonlik mashhur grossmeyster, dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan Arjun Erigaisiga yutqazib qo'ydi. 

Qizig'i, turnirning Challengers guruhidagi 5-turning barcha uchrashuvlari durang natija bilan yakunlandi. Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda peshqadam Nikolas Teodoroudan ochko tortib oldi. Muhiddin Madaminov va Muhammadzohid Suyarov o'rtasidagi o'zbek derbisida ham murosa yo'li tanlandi. Jahongir Vohidov xitoylik Ma Kun bilan durang qayd etdi. 

Futures guruhining 4-turida Saidakbar Saydaliev qora donalarda Klementi Sichyovdan engildi. Humoyun Begmuratov turkmanistonlik grossmeyster Saparmirat Atabaev bilan durang o'ynadi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov o'zbek derbisida Abdimalik Abdisalimovga yutqazib qo'yganiga qaramay, guruh peshqadamligini o'zida saqlab qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing