So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

22 iyu 12:39
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Abdusattorovda g'alaba, 3-turning barcha natijalari bitta xabarda + FOTO

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnir davom etmoqda.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 3-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Richard Rapportni mag'lubiyatga uchratdi. O'tgan turda Abdusattorov bilan durang o'ynagan Javohir Sindarov bu safar SHamsiddin Vohidovga qarshi kechgan o'zbek derbisida murosaga keldi. Nodirbek Yakubboev Rameshbabu Praggnanandha bilan durang qayd etdi. Jahon chempioni Yan Nepomnyashiy oq donalarda Arjun Ergaisi bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Parham Maqsudlu - Aravindh CHitambaram partiyasida ham durang kuzatildi.  

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka yutqazib qo'ydi. Jahongir Vohidov ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi Nijat Abasov bilan durang o'ynadi. Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov xitoylik Ma Kunni taslim etishga muvaffaq bo'ldi. Yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov Hong Endryuga yutqazdi. 

Futures guruhining 3-turida ham o'zbek derbisi kuzatildi. Saidakbar Saydaliev qora donalarda o'ynab, Humoyun Begmuratovga imkoniyatni boy berdi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov qora donalarda harakat qilganiga qaramay, peshqadam turkmanistonlik Saparmirat Atabaevni mag'lubiyatga uchratdi. Abdimalik Abdisalimov oq donalarda Alan Pichotga yutqazib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing