So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

22 iyu 14:45
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Barcha guruhlarda peshqadamga aylandik. To'rtinchi tur juftliklari va turnir jadvallari bilan tanishing

Poytaxtimizda dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokida davom etayotgan UzChess Cup turnirida biroz avval 4-tur uchrashuvlari boshlandi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining 4-turida 2,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olgan Nodirbek Abdusattorov 2 ochko bilan 2-o'rinni egallab turgan hindistonlik grossmeyster Arjun Ergaisiga qarshi qora donalarda o'ynayapti. 

Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2 ochko bilan 3-o'rindan joy olgan Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi qora donalarda harakat qilmoqda. Rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy yana bir hind grossmeysteri Aravindh CHitambaram bilan hisob-kitob qilyapti. SHamsiddin Vohidov vengriyalik Richard Rapport bilan o'ynamoqda. 

UzChess Cup. Masters guruhi. 4-tur juftliklari

Rameshbabu Praggnanandhaa — Javohir Sindarov

Richard Rapport — SHamsiddin Vohidov

Arjun Erigaisi — Nodirbek Abdusattorov 

Aravindh CHitambaram — Yan Nepomnyashiy  

Nodirbek Yakubboev — Parham Maqsudu

Turnirning Challengers guruhida 3-turdan so'ng greciyalik Nikolas Teodorou, hamyurtimiz Muhiddin Madaminov, amerikalik Endryu Hong 2,5 tadan ochko jamg'arib, kuchli uchlikdan joy olishgan. Madaminov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi pog'onadagi shveciyalik Vitaliy Sivuk hisobida 1,5 ochko bor.

Biroz avval boshlangan 4-turning markaziy partiyasida Muhiddin Madaminov qora donalarda Nikolas Teodorouga qarshi bahs olib bormoqda. Omadsiz ishtirok etayotgan va 3 ta turda 0,5 ochkogina jamg'argan Gulruhbegim Tohirjonova 4-turda qora donalarda Ma Kun bilan o'ynayapti. Jahongir Vohidov ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchuk sinovidan o'tmoqda. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 4-tur juftliklari

Endryu Hong — Nijat Abasov

Vasiliy Ivanchuk — Jahongir Vohidov

Ma Kun — Gulruhbegim Tohirjonova 

Nikolas Teodorou — Muhiddin Madaminov 

Muhammadzohid Suyarov — Vitaliy Sivuk

Futures guruhida 2,5 ochko ega hamyurtimiz Ortiq Nig'matov turnir jadvalida yakka karvonboshi bo'lib turibdi. Bugun u 4-turda vengriyalik Robert Rakka qarshi oq donalarda o'ynayapti. Saidakbar Saydaliev ispaniyalik Alan Pichot, Humoyun Begmuratov rossiyalik Klementi Sichyov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olmoqda. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 4-tur juftliklari

Saidakbar Saydaliev — Alan Pichot

Boris CHatalbashev — Abdimalik Abdisalimov  

Ortiq Nig'matov — Robert Rak

Evgeniy Alekseev — Saparmirat Atabaev

Humoyun Begmuratov — Klemeni Sichev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing