So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

20 iyu 13:44
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Birozdan so'ng shaxmatdagi o'zbek "El Klassiko"si boshlanadi (Juftliklar)

Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonlik qilayotgan dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokidagi UzChess Cup turnirida bugun 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining 2-tur markaziy uchrashuvi o'zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki "brilliantimiz" 1-turda g'alaba qozongan edi. Nodirbek yana bir grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidovni, Javohir esa jahon chempioni Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratgandi.  

UzChess Cup. Masters guruhi. 2-tur juftliklari

Rameshbabu Praggnanandhaa – SHamsiddin Vohidov

Javohir Sindarov – Nodirbek Abdusattorov

Richard Rapport – Yan Nepomnyashiy 

Arjun Erigaisi – Parham Magsudlu

CHithambaram Aravindh – Nodirbek Yakubboev

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 2-turda qora donalarda ozarbayjonlik grossmeyster Nijat Abasovga qarshi bahs olib boradi. Jahongir Vohidov Enjryu Xong, Muhiddin Madaminov ukrainalik afsona Vastliy Ivanchuk, yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov esa Nikolas Teodorou bilan hisob-kitob qiladi. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 2-tur juftliklari

Endryu Xong – Jahongir Vohidov

Nijat Abasov – Gulruhbegim Tohirjonova

Vasiliy Ivanchuk – Muhiddin Madaminov

Ma Kun – Vitaliy Sivuk

Nikolas Teodorou – Muhammadzohid Suyarov

Futures guruhining 2-turida o'zbek derbisi kuzatiladi. Saidakbar Saydaliev grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimovga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Humoyun Begmuratov Evgeniy Alekseev, grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov Klementi Sichyov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 2-tur juftliklari

Saidakbar Saydaliev – Abdimalik Abdisalimov

Alan Pichot – Robert Rak

Boris CHatalbashev – Saparmirat Atabaev

Ortiq Nig'matov – Klementi Sichyov

Evgeniy Alekseev – Humoyun Begmuratov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing