So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

12 iyu 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Bugun 7-turda ikkita o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz (barcha juftliklar)

Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 7-tur partiyalari o'ynaladi. Bugungi uchrashuvlar ham soat 15:00da boshlanadi. "Masters" guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov (2766) bugun oq donalarda ruminiyalik Richard Rapport (2715)ga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek ketma-ket ikki g'alabadan so'ng 4 ochko bilan 1-o'ringa ko'tarilib olgan. 

Nodirbek Yakubboev (2634) ham 4 ochkoga ega va u qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni band etgan. Bugun u 7-turda o'ziga xos o'zbek derbisida Javohir Sindarov (2688) bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek oq donalarda o'ynaydi. Abdusattorovni mag'lub etgan Javohir bugun ikkinchi Nodirbekni ham taslim eta oladimi? 

"Uzchess Cup". "Masters" guruhi. 7-tur juftliklari

Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) - Aleksey Sarana (Serbiya, 2712) 

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766) - Richard Rapport (Ruminiya, 2715) 

Parham Maqsudlu (Eron, 2733) - YU Yang Yi (Xitoy, 2715) 

SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) 

Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2634) - Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668) 

"Challengers" guruhining 7-turida turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan SHamsiddin Vohidov (2624) oq donalarda guruh peshqadami Aleksandr Indjich (Serbiya, 2602) bilan munosabatiga oydinlik kiritib oladi. Yana bir hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2580) qora donalarda Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2639)ga qarshi bahs olib boradi. 

"Futures" guruhida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan va 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2430) 7-turda ozarbayjonlik Vugar Rasulov (2557) bilan qora donalarda o'ynaydi. Qizig'i, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turgan hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov (2517) va Saidakbar Saydaliev (2448) bu turda o'zaro to'qnash kelishadi. Saidakbar oq donalarda harakat qiladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing