So’nggi yangiliklar

17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0

13 iyu 13:41
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Bugun 8-turda ikkita o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Vohidovlar duelida kim g'olib bo'ladi?

Xabaringiz bor, Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 8-tur partiyalari o'ynaladi. Bugungi uchrashuvlar ham soat 15:00da boshlanadi. "Masters" guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Yakubboev (2634) Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov (2766) Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) bilan uchrashadi. Javohir Sindarov (2688) esa Aleksey Sarana (Serbiya, 2712)ga qarshi bahs olib boradi. Uchchala grossmeysterimiz ham 8-turda qora donalarda harakat qilishadi. 

"Uzchess Cup". "Masters" guruhi. 8-tur juftliklari

Aleksey Sarana (Serbiya, 2712) - Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668) 

Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) - Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2634)  

YU Yang Yi (Xitoy, 2715) - SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734) 

Richard Rapport (Ruminiya, 2715) - Parham Maqsudlu (Eron, 2733) 

Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766) 

"Challengers" guruhining 8-turida turnir jadvalida peshqadam bo'lib olgan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2624) qora donalarda yana bir grossmeysterimiz Jahongir Vohidov (2580) bilan hisob-kitob qiladi. SHamsiddin uchun juda ham muhim uchrashuv. U 7-turda guruh peshqadami bo'lib kelgan Aleksandr Indjich (Serbiya, 2602)ni taslim eta olgandi. Jahongir Vohidov esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2639)ni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Futures" guruhida ilk mag'lubiyatini qabul qilib olganiga qaramay, 5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2430) 8-turda yana bir hamyurtimiz Humoyun Begmuratov (2429)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Agar bugun Suyarov g'alaba qozona olsa, deyarli chempionlikni naqd qiladi. Muhiddin Madaminov (2517) bu turda eronlik Bardiya Daneshvar (2611), Saidakbar Saydaliev (2448) esa belaruslik grossmeyster Mixail Nikitenko (2525) bilan to'qnash keladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing