So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

27 iyu 11:50
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Bugun g'alvir suvdan ko'tariladi, uchchala guruhda ham chempion bo'lishimiz mumkin

Ayni daqiqalarda poytaxtimizda davom etayotgan shaxmat bo'yicha UzChess Cup turnirida so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida chempionlikka yaqin turgan Nodirbek Abdusattorov ayni daqiqalarda o'tkazilayotgan 9-turda hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi oq donalarda o'ynayapti. Nodirbek 5,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Rameshbabu 4,5 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni band etgan. 

Yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov 5 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. U bugun so'nggi turda oq donalarda eronlik Parham Maqsudlu bilan hisob-kitob qilyapti. SHamsiddin Vohidov rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, Nodirbek Yakubboev esa vengriyalik Richard Rapportga qarshi o'ynamoqda. Hindistonlik Arjun Ergaisi vatandoshi Aravindh CHitambaramga qarshi bahs olib boryapti.   

Challengers guruhida 9-turdan so'ng greciyalik Nikolas Teodorou kecha yutqaganiga qaramay 5,5 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. U ayni daqiqalarda xitoylik grossmeyster Ma Kun bilan hisob-kitob qilmoqda. Hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 5 ochko bilan 2-o'rindan joy olgan va u hozir o'zbek derbisida Jahongir Vohidovga qarshi dona suryapti. Gulruhbegim Tohirjonova amerikalik Endryu Hongga, Muhammadzohid Suyarov ukrainalik afsona Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bormoqda.  

Futures guruhida so'nggi tur oldidan isroillik Evgeniy Alekseev va turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 5 ochkodan jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin hamyurtimiz Ortiq Nig'matov 4,5 ochko bilan 3-o'ringa tushib ketdi. Bugun u so'nggi 9-turda aynan peshqadam Evgeniy Alekseevga qarshi oq donalarda o'ynayapti. Yana bir grossmeysterimiz Abdumalik Abdisalimov 2-o'rinda borayotgan Saparmirat Atabaev bilan to'qnash kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing