So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

24 iyu 13:47
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Bugun Nodirbeklar o'zaro o'ynaydi, 6-tur juftliklari va turnir jadvallari bilan tanishing

Poytaxtimizda dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokida davom etayotgan UzChess Cup turnirida birozdan so'ng 6-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining bugun o'tkaziladigan 6-turida turnir jadvalida 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov 2 ochko bilan 7-o'rinni egallab turgan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboevga qarshi qora donalarda o'ynaydi. 

Kechagi muhim g'alabasidan so'ng qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3,5 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib olgan eronlik Parham Maqsudlu jahon chempioni Yan Nepomnyashiy bilan hisob-kitob qiladi. O'tgan turda g'alaba qozongan Javohir Sindarov qora donalarda dunyoning beshinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisiga qarshi bahs olib boradi. Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha vengriyalik Richard Rapportga, hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov esa Aravindh CHitambaramga qarshi dona suradi.  

UzChess Cup. Masters guruhi. 6-tur juftliklari

Rameshbabu Praggnanandhaa — Richard Rapport 

Arjun Erigaisi — Javohir Sindarov 

Aravindh CHitambaram — SHamsiddin Vohidov

Nodirbek Yakubboev — Nodirbek Abdusattorov   

Parham Maqsudu — Yan Nepomnyashiy   

Challengers guruhida 5-turdan so'ng greciyalik Nikolas Teodorou hamda amerikalik Hong Endryu 4 tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 3 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. SHveciyalik Vitaliy Sivuk va Jahongir Vohidov hisobida 2,5 tadan ochko bor. 

Birozdan keyin boshlanadigan 6-turda Muhiddin Madaminov Vitaliy Sivukka, Gulruhbegim Tohirjonova o'ziga xos o'zbek derbisida Muhammadzohid Suyarovga qarshi bahs olib boradi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadam bo'lib turgan Teodorou grossmeysterimiz Jahongir Vohidovga qarshi o'ynaydi. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 6-tur juftliklari

Endryu Hong — Vasiliy Ivanchuk  

Ma Kun — Nijat Abasov  

Nikolas Teodorou — Jahongir Vohidov    

Muhammadzohid Suyarov — Gulruhbegim Tohirjonova  

Vitaliy Sivuk — Muhiddin Madaminov   

Futures guruhida 3,5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilayotgan hamyurtimiz Ortiq Nig'matov 6-turda Alan Pichot bilan hisob-kitob qiladi. Nig'matov kecha yana bir grossmeysterimiz Abdumalik Abdisalimovga yutqazib qo'yganiga qaramay, 1-o'rinni o'zida saqlab qoldi. Uch ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan turkmanistonlik Saparmirat Atabaev Klementi Sichyov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 6-tur juftliklari

Saidakbar Saydaliev — Boris CHatalbashev  

Ortiq Nig'matov — Alan Pichot

Evgeniy Alekseev — Abdimalik Abdisalimov

Humoyun Begmuratov — Robert Rak    

Klementi Sichev — Saparmirat Atabaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing