So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

11 iyu 09:35
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". "Masters"da faqat Abdusattorov yutdi, Suyarovda ketma-ket 4-g'alaba, ikki shaxmatchimiz hamon peshqadam (Barcha malumotlar)

SHu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turnirning "Masters" va "Futures" guruhlarida hamon o'zbekistonlik shaxmatchilar yakka peshqadam bo'lib turishibdi. 

Istedodli grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2634) qora donalarda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov (2734) bilan durang o'ynadi. Nodirbek Abdusattorov esa oq donalarda Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719)ni mag'lubiyatga uchratib, yana etakchilar safiga qo'shilib oldi. Bir tur oldin Abdusattorovni mag'lub etgan Javohir Sindarov esa qora donalarda Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi, "Uzchess Cup" turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan Parham Maqsudlu bilan murosaga keldi. Nodirbek Abdusattorovning o'yinidan tashqari qolgan barcha partiyalarda durang qayd etildi.  

Oltinchi tur oldidan "Masters" guruhida Nodirbek Yakubboev 3,5 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Javohir Sindarov, YU Yang Yi va Nodirbek Abdusattorov hisobida 3 ochkodan bor. Ikki yarim ochkoga ega Richard Rapport va Aleksey Sarana keyingi o'rinlarni band etgan.     

"Challengers" guruhining 5-turida aksincha, faqat bitta partiyada durang qayd etildi, qolgan juftliklarda esa bir tomonning g'alabasiga guvoh bo'ldik. Guruh peshqadami, serbiyalik Aleksandar Indjich bu turda qora donalarda hindistonlik Abhijit Guptani taslim etdi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan shaxmatchimiz SHamsiddin Vohidov oq donalarda turkiyalik Aydin Suleymanlidan ustun keldi. Bu turgacha uchinchi o'rinni egallab kelgan Jahongir Vohidov esa germaniyalik Aleksandr Predkega yutqazib qo'ydi. 

"Futures" guruhida 5-turdan so'ng ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Muhammadzohid Suyarov (2430) 4,5 ochko bilan yakka peshqadamligini mustahkamlab oldi. U 5-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, ukrainalik grossmeyster Vitaliy Bernardskini engdi. Kuchli uchlikdan joy olgan Muhiddin Madaminov qora donalarda ozarbayjonlik Vugar Rasulov bilan murosaga keldi. Saidakbar Saydaliev esa yana bir hamyurtimiz Humoyun Begmuratovni taslim etib, 3,5 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing