14 iyu 17:50
Yangiliklar
"UzChess Cup": Nodirbek Yakubboev - chempion!
Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning "Masters" guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev so'nggi turda xitoylik YU Yangyiga qarshi bahsda durang qayd etdi va umumiy hisobda 5,5 ochko jamg'ardi. U shuncha ochko jamg'argan Nodirbek Abdusattorovdan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga oshib ketdi va chempionlikni qo'lga kiritdi.
Demak, Nodirbek Yakubboev 1, Nodirbek Abdusattorov esa 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Kuchli uchlikka esa 5 ochko to'plagan xitoylik YU Yangyi yakun yasadi.
Ushbu g'alaba orqali Nodirbek Yakubboev 25 ming dollarga ega bo'ldi. Abdusattorov esa 20 ming dollarni qo'lga kiritdi. Xitoylik Yangyi esa 15 ming dollar bilan ketadigan bo'ldi.
Avvalroq "CHellenjers" turnirida SHamsiddin Vohidov g'alaba qozonganligi haqida xabar bergandi.
Fikrlar