So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

25 iyu 14:40
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Nodirbeklar bahsda kutilmagan natija, Sindarov Arjunga qarshi, 6-turning barcha natijalari bitta xabarda

Poytaxtimizda dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 6-tur ortda qoldi.

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 6-turida Nodirbek Abdusattorov biroz kutilmaganda yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha ham bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U oq donalarda o'ynaganiga qaramay, vengriyalik Richard Rapportga yutqazdi.   

Turning qolgan barcha partiyalarida durang natija qayd etildi. Javohir Sindarov dunyoning oltinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi bilan qora donalarda durang o'ynadi. Eronlik Parham Maqsudlu jahon chempioni Yan Nepomnyashiy bilan murosaga keldi. Biroz omadsiz o'ynayotgan SHamsiddin Vohidov hindistonlik Aravindh CHittambaram bilan ochkolarni bo'lishib oldi.  

Turnirning Challengers guruhi 6-turida o'ziga xos o'zbek derbisi kuzatildi. Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda Muhammadzohid Suyarov bilan durang o'ynadi. Peshqadam Nikolas Teodorou hamyurtimiz Jahongir Vohidovni taslim etdi. Muhiddin Madaminov qora donalarda Vitaliya Sivuk bilan murosaga keldi. 

Futures guruhining 6-turida peshqadam Ortiq Nig'matov g'alabaga erishdi. U angiyalik Alan Pichotdan ustun keldi. Saidakbar Saydaliev, Abdumalik Abdisalimov va Humoyun Begmuratov bu turda raqiblari bilan murosaga kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing