So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

21 iyu 10:48
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. O'zbek "Klassiko"si hamda 2-turning barcha guruhlaridagi natijalar bitta xabarda + FOTO

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnir davom etmoqda.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti.

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 2-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Javohir Sindarovga qarshi bahs olib bordi. O'ziga xos o'zbek klassikosida tomonlar durangga rozi bo'lishdi. Nodirbek Yakubboev qora donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik grossmeyster Aravindh CHitambaramni mag'lub etishni uddaladi. 

SHamsiddin Vohidov ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu safar yosh grossmeysterimiz hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga yutqazdi. Ilk turda Javohir Sindarovga mag'lub bo'lgan jahon chempioni Yan Nepomnyashiy qora donalarda Richard Rapport bilan murosaga keldi. Arjun Ergaisi eronlik Parham Maqsudlu bilan durang o'ynadi. 

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi Nijat Abasovga imkoniyatni boy berdi. Jahongir Vohidov bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov ukrainalik afsona Vasiliy Ivanchuk bilan murosa yo'lini tanladi. Muhiddin 1-turda Nijat Abasovdan ustun kelgandi. Yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov greciyalik Nikolas Teodorouga yutqazdi. 

Futures guruhining 2-turida ham o'zbek derbisi kuzatildi. Saidakbar Saydaliev va Abdimalik Abdisalimov partiyasida shaxmatchilarimiz ochkolarni bo'lishib olishdi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov Klementi Sichyovni taslim eta oldi. Humoyun Begmuratov Evgeniy Alekseevga mag'lub bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing