27 iyu 15:29
Yangiliklar

UzChess Cup so'nggi turi yakunlandi. Uch shaxmatchi bir xil ochko jamg'ardi. Endi nima bo'ladi?
Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida chempionlikka yaqin turgan Nodirbek Abdusattorov afsuski, so'nggi 9-turda oq donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga yutqazib qo'ydi. Nodirbek 9-turgacha 5,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Rameshbabu 4,5 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni band etgandi.
Yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov 5 ochko bilan 2-o'rinni egallab turgandi. U bugun so'nggi turda oq donalarda eronlik Parham Maqsudlu bilan murosaga keldi. Natijada Nodirbek, Javohir va Rameshbabuning ochkolari tenglashib (5,5 ochkodan) qoldi.
Endi chempion va qolgan sovrinli o'rinlarni aniqlash maqsadida qo'shimcha tay-brek o'tkaziladi. Unda bir xil ochko to'plagan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Rameshbabu Praggnanandha birozdan so'ng boshlanadigan tay-breklarda o'zaro bahs olib borishadi.
So'nggi turda SHamsiddin Vohidov rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy bilan durang qayd etdi. Nodirbek Yakubboev vengriyalik Richard Rapport, hindistonlik Arjun Ergaisi vatandoshi Aravindh CHitambaram bilan durangga imzo chekdi.
Fikrlar