So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

20 iyu 10:56
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup turniri ctart oldi. O'zbek derbisida Nodirbek g'olib, Javohir jahon chempionini mag'lub etdi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida dunyo shaxmat yulduzlarini o'zida jamlagan, mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnir boshlandi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik taniqli grossmeysterlar Aravindh CHitambaram, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, o'zimizning grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va SHamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib boryapti. 

FIDE Circiut uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynalayotgan ushbu xalqaro turnirning 1-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda SHamsiddin Vohidovni mag'lubiyatga uchratdi. Javohir Sindarov qora donalarda jahon chempioni Yan Nepomnyashiyni taslim etib, kichik shov-shuv sababchisiga aylandi. Nodirbek Yakubboev oq donalarda Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi. Hindistonlik grossmeysterlar Aravindh CHitambaram va Rameshbabu Pragnanandha partiyasida kuchlar teng keldi. 

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda Jahongir Vohidov bilan durang o'ynadi. Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi Nijat Abasovni mag'lub etishni uddaladi. Yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov xitoylik grossmeyster Ma Kun bilan durang qayd eta oldi. 

Futures guruhining 1-turida ham o'zbek derbisi kuzatildi. Humoyun Begmuratov grossmeyster Ortiq Nig'matov bilan murosa ko'chasini tanladi. Saidakbar Saydaliev ham ilk turda durang o'ynadi. Grossmeysterlarimizdan biri Abdimalik Abdisalimov qora donalarda Robert Rak bilan ochkolarni bo'lishib oldi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing