So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

21 iyu 13:36
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Uchinchi tur juftliklari va turnir jadvallari bilan tanishing

Poytaxtimizda dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokida davom etayotgan UzChess Cup turnirida bugun 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining 3-turida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egallab turgan hindistonlik Arjun Ergaisi qora donalarda rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib boradi. Arjun singari 1,5 ochkoga ega Javohir Sindarov o'zbek derbisida SHamsiddin Vohidovni sinovdan o'tkazadi. Nodirbek Abdusattorov bu turda Richard Rapport bilan hisob-kitob qiladi. Ikkinchi turdan keyin barcha shaxmatchilar ochko yo'qotib ulgurishdi. 

UzChess Cup. Masters guruhi. 3-tur juftliklari

Nodirbek Yakubboev — Rameshbabu Praggnanandhaa

Parham Maqsudu — CHithambaram Aravindh

Yan Nepomnyashiy — Arjun Erigaisi

Nodirbek Abdusattorov — Richard Rapport

SHamsiddin Vohidov — Javohir Sindarov

Turnirning Challengers guruhida ishtirok etayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 3-turda oq donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchuk sinovidan o'tadi. Bu guruhda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov xitoylik taniqli grossmeyster Ma Kunga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Jahongir Vohidov ozarbayjonlik grossmeyster Nijat Abasov, Muhammadzohid Suyarov esa Endryu Hong bilan hisob-kitob qiladi. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 3-tur juftliklari

Muhammadzohid Suyarov — Endryu Xong

Vitaliy Sivuk — Nikolas Teodorou

Muhiddin Madaminov — Ma Kun

Gulruhbegim Tohirjonova — Vasiliy Ivanchuk

Jahongir Vohidov — Nijat Abasov

Futures guruhining 3-turida o'zbek derbisi kuzatiladi. Humoyun Begmuratov va Saidakbar Saydaliev o'zaro taxtadagi munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Ikkala uchrashuvda ham g'alaba qozongan turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 3-turda grossmeysterimiz Ortiq Nig'matovga qarshi bahs olib boradi. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 3-tur juftliklari

Humoyun Begmuratov — Saidakbar Saydaliev

Klemeni Sichev — Evgeniy Alekseev

Saparmirat Atabaev — Ortiq Nig'matov

Robert Rak — Boris CHatalbashev

Abdimalik Abdisalimov — Alan Pichot

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing