09 iyu 19:37
Yangiliklar
SHaxmat
"Uzchess Cup"da yana bir o'zbek klassik derbisi yakunlandi. Abdusattorov - Sindarov partiyasida kim g'alaba qozondi?
Poytaxtimizda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniri davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 4-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Turnirning "Masters" guruhi 4-tur markaziy partiyasi ikki istedodli grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov (2766) hamda Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668) o'rtasida bo'lib o'tdi. Oq donalarda harakat qilgan Sindarov reytingda o'zidan yuqorida borayotgan Abdusattorovni mag'lub etishni uddaladi.
Bugungi muhim g'alabadan so'ng Javohir o'z ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi. Nodirbek Abdusattorov esa 2 ochko bilan qoldi va tabiiyki, peshqadamlikni ham vaqtincha bo'lsa-da boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar