So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

07 avg 15:42
Yangiliklar

Boshqalar

V Islom birdamligi o'yinlari: delegaciyamiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Kecha sportchilar, murabbiylar, OAV xodimlari va mutasaddilardan tashkil topgan O'zbekiston sport delegaciyasi V Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etish uchun Turkiyaning Konya shahriga etib borishgandi.

Tashrifning ilk kunidan hukumat vakillari, O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi mutasaddilaridan tashkil topgan shtab o'z ishini boshladi.

Dastavval shtab tomonidan yig'ilish o'tkazilib, unda sport musobaqalarining kun tartibi, sportchilarning salomatligi va shu kabi masalalar muhokama qilindi.

24 ta sport turida o'z mahoratlarini ko'rsatish uchun tashrif buyurgan 265 nafar sportchilarimiz ayni kunlarda musobaqalarga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Bu borada Konya shahrida ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham alohida ahamiyatga ega.

Xususan, O'zbekiston delegaciyasi azolari uchun Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan tibbiyot punktlarida ham barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, har bir sportchining salomatligini nazorat qilib turish shtab faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Buning uchun tibbiyot punktlari zarur texnik jihozlar va dori-darmonlar bilan to'liq taminlangan.

Qayd etib o'tamiz, V Islom birdamligi o'yinlari 9 avgustda rasman ochiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing