So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

01 apr 08:44
Yangiliklar

Futbol

Vadim Abramov: "Umid qilamanki, bu uzoqqa cho'zilmaydi"

Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan karantin tufayli yurtimizda barcha futbol musobaqalari to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Superliga klublari rejalashtirilmagan tanaffusga chiqdi, qolaversa, futbolchilar jamoaviy mashg'ulotlardan ham chetda qolishdi. Xususan, "Bunyodkor" azolari ham shu kunlarda tatilda bo'lib turibdi. Biz bosh murabbiy Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Hozir qachon mashg'ulotlarga qaytishimizni ayta olmayman. Bu vaziyatga bog'liq. Biz hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlarni hurmat qilgan holda birinchilardan mashg'ulotlarni to'xtatganmiz. Bilishimcha, barcha jamoalar shunday yo'l tutgan.

Futbolchilarga uy sharoitida jismoniy holatni bir maromda ushlab turishlari uchun mashg'ulotlarni belgilab berganmiz. Buni nazorat ham qilyapmiz. Kuni kecha ham yigitlar bilan qo'ng'iroqlashib, buni yana bir bor eslatib o'tdik. Sababi, tez orada yurtimizda chempionatni davom ettirish uchun ruxsat tegadigan bo'lsa, o'yinchilar qiynalib qolmasligi uchun ularning jismoniy holati talab darajasida bo'lishi kerak. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, aprel oyining uchinchi o'n kunligidan boshlab mashg'ulotlarga qaytishimiz mumkin bo'lar ekan.

Ushbu kasallik bo'yicha mutaxassis emasman. Bilganim shuki, barchamiz bir musht bo'lib, shifokorlarning ko'rsatmalari asosida donolik bilan yondoshadigan bo'lsak, mazkur kasallikni enga olamiz. Mutaxassislarning takidlashicha, kunlar isishi bilan virusning rivojlanishi ham pasayar ekan. Umid qilamanki, bu uzoqqa cho'zilmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing