So’nggi yangiliklar

16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0

18 apr 16:30
Yangiliklar

Eshkak eshish

Vadim Menkov: "13 yil davomida 1000 metrda etakchilik qilgandim..."

Teglar :  Eshkak eshishMenkov
Samarqanddagi eshkak eshish sport majmuasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston kubogining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Uch kun davom etgan yilning dastlabki musobaqasida Qoraqalpog'iston respublikasi Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 200, 500 va 1000 metr masofalarga o'tkazilgan yakkalik, juftlik va to'rtlik baxslarida yurtimizning eng nomdor sportchilari bilan birga bir qator yoshlari ham ishtirok etdi. Erkak va ayollar o'rtasida o'tgan maskur musobaqa 16-21 may kunlari Vengriyaning Seged, 23-28 may kunlari esa Germaniyaning Duysburg shaharlarida o'tadigan jahon kubogi birinchi va ikkinchi boskichlarilari qolaversa Jakarata shahrida o'tadigan XVIII Osiyo o'yinlari saralash vazifasini o'tab bergani bois ham juda kuchli raqobat ostida bo'lib o'tdi. Etiborlisi murosasasiz baxslarda bir qator shov-shuvli natijalar ham qayd etilganini alohida takidlash lozim. Jumaldan 1000 metr masofaga o'tkazilgan kanoe bo'yicha yakkalik baxslarida ikki karra jahon chempioni Vadim Menkov bronza medali bilan cheklandi. SHoxsupaning eng yuqorisini esa bu safar Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon kubogi sovrindori Gerasim Kochnev egalladi.

Vadim Menkov: "13 yil davomida ushbu masofada etakchilik qilib keldim. Nachora mening eng yaxshi ko'rgan masofamda bu safar omad kulib boqmadi. Bundan unchalik hafa emasman. Juda qattiq kurashda u g'alabaga erishdi. Bu albatta, yurtimizda ushbu masofada ham kuchli sportchilarning etishib chiqayotganini ko'rsatadi. Niyatim bo'lajak jahon kubogi musobaqasida yana bir karra o'zimni ko'rsatib, muxlislar ishonchini oqlashmoqchiman.


-Sezishimcha u qadar hafa emassiz. Biroq, nega unda bahsdan so'ng eshkakni suvga uloqtirdingiz?

- (kulib) SHunchaki, bandi juda ham terlab ketgandi.

Nurislom To'xtasin o'g'li (2-o'rin): "Gerasimni tabriklayman. U juda ham tartibli yigit. Ochig'i u o'z mehnati samarasini oldi. Kuchliligini isbotladi. Ayrimlar bir narsani tushunishlari kerak. Hozir ham suv o'sha, qayiq o'sha, ammo umuman boshqa davr. Avvalgidek kimdir o'n metr oldinda kimdir olti metrlar orqada qoladigan paytlar o'tdi. Hozir hamma chempionlik uchun harakat qilmoqda. Raqobat kuchaygan. SHunday ekan ishlash kerak. Boshqa yo'l yo'q.

Gerasim Kochnev (Musobaqa g'olibi): "Necha oylar davomida qilgan mehnatim zoe ketmaganidan xursandman. Aslida avvaldan uchchalamiz-men, Menkov, Nurislom To'xtasin o'g'li o'rtasida kurash ketadi. O'tgan safar ular yutgandi. Bu safar esa qatiy tartibda ishlab o'z kuchimni isbotdim. Mana shundan juda ham mamnunman. Meni qo'llab-quvvatlab, g'abalamga ishonganlarning barchasiga katta rahmat.

Takidlash lozimki, Gerasim Kochnev 500 metrga yakkalik va juftlik (Serik Mirbekov bilan)bahslarida ham barcha raqiblarini ortda qoldirdi. 1000 metrga o'tkazilgan juftlik bahslarida esa Serik Mirbekov va Gerasim Kochnev juftligi uchinchi o'rinni band etdi. Bu borada Sunnatillo Tojiev va Sunnatillo Inog'omov birinchi, Nurislom To'xtasin o'g'li va Bekzod Umaraliev jamoasi esa ikkinchi bo'lishdi. Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda jahon kubogi g'olibasi, istedodli sportchi Dilnoza Rahmatova bir qator yo'nalishlar bo'yicha barcha raqiblaridan ustun kelib, jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ulug'bek Xakimjonov

Reyting:    

Fikrlar

   
18 apr 18:09:43
я узбек
Olimpioda da medol oliw nasib qilmagani chatoq da
   
18 apr 18:00:34
Aliyor Yulchiev
Вадим мужик бола
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing