20 fev 10:01
Yangiliklar
Futbol

"Valensiya" murabbiyi yirik mag'lubiyatdan so'ng: Natija adolatsiz bo'ldi
“Valensiya” ustozi “Atalanta”dan qabul qilingan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Javob o'yinida o'zimizga kelishga harakat qilamiz. Yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz keyingi bahsga. O'z maydonimizda hammasi boshqacha bo'ladi. Muxlislarimiz bizni ilk daqiqalardan boshlab olg'a borishimizni xohlaydi. Natija haddan tashqari adolatsiz bo'ldi. U maydonda yuz bergan narsalarga mos emas. Biz 3-4 ta gol urishimiz mumkin edi. Vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ammo ulardan foydalanishda oqsadik. Biroq hali hammasi tugagani yo'q. Biz kurashni davom ettirishga tayyormiz”, — deydi Albert Selades.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar