07 may 18:18
Yangiliklar
Futbol

Vardi APLda oy futbolchisi sifatida tan olindi
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun o'tkazilgan so'rovnoma g'olibi nomini elon qildi.
Aprel oyining 4ta uchrashuvida 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan "Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu sovrin uchun Vardidan tashqari Eden Azar, Jordan Xenderson, Emerik Laport, SHeyn Long, Ayoze Peres, Muhammad Saloh va Kris Vud davogarlik qilayotgan edi.
Ligada oy murabbiyi sifatida "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaga nasib qildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar