07 avg 13:50
Yangiliklar
Tennis

Vashington (ATP). Zverev mavsumdagi 4-titulini qo'lga kiritdi
AQSH poytaxti Vashington shahrida Citi Open turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 2 002 460 AQSH dollarini tashkil
qiluvchi turnirda Aleksandr Zverev bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Turnirda beshinchi
raqam ostida tasniflangan germaniyalik tennischi finalda Kevin Andersonni ikki
setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Bu Sasha Zverev uchun joriy mavsumdagi beshinchi final
bo'ldi. SHulardan to'rttasida u bosh mukofotni qo'lga kiritgan. Bu bilan Zverev
ispaniyalik Rafael Nadal bilan tenglashib oldi. Rojer Federerda bu yil
hisobidan 5 ta titul bor.
Havola :
Fikrlar