10 iyu 16:19
Yangiliklar
Tennis

Vavrinka "Rolan Garros"da so'nggi 44 yil ichidagi eng yoshi katta finalchi
Kecha shveycariyalik tennischi Sten Vavrinka "Rolan Garros" yarim finalida Endi Marreyni mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, 32 yoshli sportchi "Rolan Garros"ning so'nggi 44 yil ichidagi eng yoshi katta finalchisiga aylanib oldi. Bungacha 1973 yilda 33 yoshli yugoslaviyalik tennischi Nikola Pilich mazkur turnirning finalida ishtirok etgandi.
Takidlab o'tish lozimki, Vavrinka 2015 yilgi "Rolan Garros" finalida Novak Jokovichni mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin egasiga aylangandi.
Sten Vavrinka - Rafael Nadal to'qnashuvi 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar