So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

03 apr 20:48
Yangiliklar

Boshqalar

Vazir bilan suhbat: I xalqaro Toshkent yarim marafoni qanday natija berdi?

Xabaringiz bor, shu yilning 24 mart kuni poytaxtimizda Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab I xalqaro Toshkent yarim marafoni o'tkazildi.

Mazkur marafonda erishilgan yutuqlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va marafon haqida xalqaro ekspertlar qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida O'zA muxbiri O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev bilan suhbatlashdi.

 

– Dilmurod Hamidullaevich, bahor fasli yurtimiz sporti uchun barakali boshlandi, deyishga asos bor. Ilk bor Toshkentda yarim marafon bo'lib o'tdi. Bu tadbirdan ko'nglingiz to'ldimi?

– Umuman olganda, ha. Marafon saviyada yaxshi o'tdi. Professional va havaskor sportchilarning ishtiroki marafonning qizg'in o'tishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular qatorida 5 kilometr masofada o'tgan musobaqada biz ham o'z kuchimizni sinab ko'rdik. Yurtimizning chekka hududlaridan ham turli yosh toifasidagi oddiy insonlar qiziqish bildirib, ishtirok etgani, ayniqsa, quvonarli bo'ldi. Eng muhimi O'zbekiston har qanday nufuzli musobaqani o'tkazishga qodirligini yana bir bor namoyon etdik.

 

– Marafon haqida xalqaro ekspertlarning fikri qanday?

– Tadbirda Xorvatiya va Turkiya kabi engil atletika yaxshi rivojlangan bir qator davlatlardan tashrif buyurgan 10 nafar xalqaro toifadagi hakam ishtirok etdi. Xalqaro engil atletika federaciyasi azolari mazkur tadbirga juda yuqori baho berishdi. Ular O'zbekistonda sport, jumladan, Olimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan engil atletikani rivojlantirishga doimiy etibor qaratilayotgani, mamlakatimizning nufuzli sport anjumanlarini yuqori saviyada o'tkazish borasidagi boy tajribasi hamda zamonaviy sport infratuzilmasi mavjudligini inobatga olib, yurtimiz bir qator nufuzli musobaqalarni o'tkazishga tayyor ekanini takidlab o'tdi.

 

Biz bu kabi marafonlarni ananaviy tarzda o'tkazib, Xalqaro engil atletika federaciyalari uyushmasining (IAAF) “Brilliant liga” marafonlariga kiritilishiga erishishni maqsad qilganmiz. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yilning aynan shu faslida uzoqqa yugurish uchun Toshkent shahri eng yaxshi, deb topildi, shuningdek, ko'rsatilgan natijalar marafon o'tgan yo'l yuguruvchilar tili bilan aytganda “tez trassa” degan nomni oldi.

 

– Marafonni o'tkazish jarayonida kamchiliklar ham ko'zga tashlandimi?

– Ushbu tadbirni tashkillashtirish jarayonida juda ko'p va katta muammolar yuzaga keldi. Biroq vazirligimiz, O'zbekiston engil atletika federaciyasi bir qator tashkilotchilar tomonidan barcha muammolar o'z vaqtida hal etildi. Musobaqada federaciyaning 100 dan ortiq hakami, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 300 dan ortiq ko'ngillilari qatnashdi hamda yuzaga kelgan kamchiliklar bartaraf qilindi. Birincha marta o'tkazilayotgan marafondan o'zimizga kerakli xulosa chiqardik, kamchiliklarimizni bilib oldik. Kelgusida ro'yxatdan o'tish jarayonini yanada soddalashtirish, ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanib, ishtirok etish shartlari haqida yanada kengroq malumot berib borishimiz lozim bo'ladi.

 

– Bu borada jahon tajribasi haqida nima deysiz?

– Albatta, jahon tajribasidan o'rganishimiz lozim bo'lgan jihatlar ko'p. Hozirda tajribamiz biroz kam, lekin istiqbolda biz marafon o'tkazish bo'yicha direkciya ochishni reja qilayapmiz. Eng avvalo O'zbekiston mutaxassislarining xalqaro marafonlarda hakam sifatida ishtiroki taminlanadi. Bundan tashqari, xalqaro federaciya tomonidan o'tkaziladigan seminarlar, master-klasslarda hakamlarimizning tajriba orttirishi, malakasini oshirishni rejalashtirganmiz.

 

– Marafonda ishtirok etgan sportchilarimizning natijalari qoniqarli bo'ldimi?

– Marafonchilarimizda 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiadaga licenziya olish uchun yanada ko'proq umid uyg'ondi. Eng asosiysi, biz marafonni tashkillashtirayotganimizda 70 ga yaqin sportchi ishtirokini rejalashtirgan edik, lekin musobaqa kuni ularning coni 600 dan ortiq bo'ldi. Bu esa mamlakatimizda mazkur sport turining ommalashishi to'g'ri yo'lga qo'yilganining yana bir isbotidir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing