So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

12 iyu 13:13
Yangiliklar

Boshqalar

Vazirning sobiq o'rinbosari Paralimpiya associaciyasida ish boshlaydi

Teglar :  Paralimpiya
Kecha, 11 iyun kuni Zoom videokonferenciya dasturi orqali onlayn tarzda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, associaciya rahbariyati, apparat xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy bo'linmalari vakillari, masul xodimlar hamda murabbiylar ishtirok etdi.

Yig'ilishni O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev kirish so'zi bilan ochib berdi. SHundan so'ng, Assambleyaning kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala – O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga rais o'rinbosari saylash jarayoni bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ushbu lavozimga tavsiya etilgan Mo'minjonov SHarifjon Fuzailovich nomzodini bir ovozdan maqullashdi. SHu tariqa SHarifjon Mo'minjonov O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi o'rinbosari lavozimiga saylandi.

Yig'ilishda so'z olganlar Paralimpiya associaciyasi faoliyatiga ijobiy baho berib, bundan keyin ham belgilangan vazifalarni shunday faollik bilan bajarishda davom etish kerakligini takidladilar. 

Xabaringiz bor, oxirgi yillarda mamlakatimizda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish va uni ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. 

Malumot uchun Paralimpiya associaciyasi raisi o'rinbosari lavozimiga saylangan SHarifjon Mo'minjonov  1961 yil Toshkent shahrida tug'ilgan.

Oliy malumotli, Toshkent avtomobil yo'llari instituti hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida Mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida turli lavozimlarda ishlagan, 2018 yildan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatib kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing