So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

29 okt 08:41
Yangiliklar

Velosport

Velosport: O'zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi

Toshkent shahridagi velotrek sport majmuasida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha ayollar va erkaklar o'rtasida bo'lib o'tayotgan O'zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.

Musobaqada Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg'ona, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan kelgan 60 nafarga yaqin erkak va 9 nafar ayol velosportchilar ishtirok etishdi.

Qizlar o'rtasidagi 21 km masofadagi guruh poygalarida barcha raqiblarini 30.16 soniyalik natija bilan ortda qoldirgan SHahnoza Abdullaeva 1-o'rinni egalladi. Erkaklar o'rtasidagi 124 km masofadagi guruh poygalarida esa Akrom Sunnatov 2:52.53 soniyalik natijasi bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning 1-bosqichida erkaklar jamoaviy, ayollar juftlik poygalarida ishtirok etishgan edi. Unda jamoaviy poygalarda Dilmurod Siddiqov, Begzod Rahimboev, Dmitriy Bocharov, Javlon Nurmatovlar 1-o'rinni egallashgandi. Juftlik poygalarida esa Renata Boymetova va SHahnoza Abdullaevalar g'alaba qozongan edi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing