So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

31 okt 11:02
Yangiliklar

Velosport

Velotrek bo'yicha Milliy terma jamoamizda evropalik murabbiy ish boshladi

Teglar :  VelotrekVolchok
Sportchilarimizni oldinda turgan yirik musobaqalarga munosib tayyorlash bo'yicha terma jamoalarimizda katta hajmda ish olib borilmoqda.

Zamonaviy metodlarni o'zbek sportiga ham olib kirishda xorijlik mutaxassislarni jalb qilish eng maqbul variant desak, mubolag'a bo'lmaydi. SHu maqsadda velosport bo'yicha terma jamoamizda xorijlik mutaxassis ish boshladi.

Yanada aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, belaruslik Sergey Volchok velotrek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga rasman kirishdi. Mutaxassis O'zbekiston triatlon va velosiped sporti federaciyalari o'rtasida imzolangan memorandum tadbirida ommaga rasman tanishtirildi.

Sergey Volchok 1972 yil tug'ilgan. Uzoq yillar davomida Belarus terma jamoasida murabbiylik qilgan va shu paytgacha 5 ta jahon chempioni, ko'p karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari, qita chempionati g'olib va sovrindorlarini tarbiyalagan. Mutaxassis bilan 1 yilga shartnoma imzolangan bo'lib, bu vaqt orasida jamoamiz qatnashadigan musobaqalar, jumladan Osiyo chempionati va kubogi bosqichlari, Turkiyada o'tadigan Islom birdamligi o'yinlariga sportchilarni munosib tayyorlash, imkon qadar ko'p miqdorda sovrinli o'rinlarni egallash kabi vazifalar qo'yilgan.

Murabbiy asosan trekning sprint yo'nalishiga ixtisoslashganini alohida aytib o'tish mumkin. Hozirda u poytaxtimizda tashkil etilayotgan yoshlar va kattalar o'rtasidagi mamlakat birinchiligini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing