12 avg 10:13
Yangiliklar
Velosport
Sergey Rostovcev Slovakiyadagi turnirda 3 ta medal qo'lga kiritdi
Slovakiyaning Preshov shahrida velotrek bo'yicha ikki bosqichdan iborat "GP Slovak Cycling Federation" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Sergey Rostovcev 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz birinchi bosqich doirasidagi skretch dasturida oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, "elimineyshn" yo'nalishida har ikki ham shohsupadan joy olib, kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar