So’nggi yangiliklar

12:26“Истиқлол”: Машарипов операция қилинди 0 12:05Sofia European Open 2026. Бугун 8 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:44Мадримовнинг вазнидаги россиялик чемпион камаридан маҳрум бўлди 0 11:23Маржона Нуруллоева Sofia European Open 2026 совриндори 0 11:02Sofascore. Файзуллаев ва гол урган Шомуродов неча баҳо олди? 0 10:41Шавкат Раҳмонов Naiza FC турнирида қўлтиқтаёқда кўриниш берди + ФОТО 0 10:20Tata Steel Chess 2026. Таъқибчисини мағлуб этган Абдусатторов якка пешқадам, Cиндаров соф иккинчи + ФОТО 0 09:59AND STILLLL! Алекс Волкановски реваншда ҳам Диего Лопесни мағлуб этди 0 09:30АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Экитикедан дубль 0 09:04UFC 325. Хукер ва Сен-Дени ўртасидаги co-main event жанг муддатидан олдин якунланди 0 08:42UFC 325 турнирининг прелим кард барча жанг натижалари битта хабарда 0 08:35Рафаэль Физиев навбатдаги мағлубиятни қабул қилиб олди 0 08:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"га 3 та гол урди 0 08:07UFC 325. Туиваса Тейшейрага мағлуб бўлди 0 07:41Бугун Australian Open'да финал: Жокович Алькараз билан тўқнаш келади 0

04 iyu 13:49
Yangiliklar

Velosport

Velotrek bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Velotrek
Respublika velotrek o'quv-mashq markazida 18 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar o'rtasida velotrek yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi.

Musobaqaning so'nggi kunida yigitlar «Omnium-1», 21 aylana skretch guruh poygasida o'zaro raqobatlashdi. Unda Alimardon Jamoliddinov 40 ochko bilan g'alaba qozongan bo'lsa, qizlar o'rtasidagi «Omnium-1», 15 aylana skretch guruh poygasida Samira Ismoilova ham 40 ochkoga ega chiqqan holda, mamlakat chempioniga aylandi.  

«Omnium-2», 18 aylana tempo guruh poygasida Alimardon Jamoliddinov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, «Omnium-2», 12 aylana tempo guruh poygasida Samira Ismoilova g'olib bo'ldi. SHuningdek, «Omnium-3», chiqarib yuborish guruh poygasida Behzod Nurmatov va Arina Makarkinaga teng keladigani topilmadi.  

«Omnium-4» yo'nalishida yigitlar 48, qizlar esa 36 aylana guruh poygasida kuch sinashdi. Unda Alimardon Jamoliddinov 165 ochko bilan mamlakat chempioniga aylangan bo'lsa, Samira Ismoilova 145 ochko jamg'arib shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.  

Velotrekning keyrin bahslarida Samandar Rajabboev va Alina Bakcheeva oltin medal bilan taqdirlandi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing