So’nggi yangiliklar

18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0 13:08"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди 0

29 dek 08:44
Yangiliklar

SHaxmat

Ven Jun rapidda ham jahon chempioni, Tohirjonovachi?

Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Umumiy mukofot jamg'armasi 1 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi jahon chempionatining rapid yo'nalishida kecha bir nechta tur uchrashuvlari o'tkazildi hamda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Bahslarda yagona vakilamiz xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova ham ishtirok etdi. 

Tohirjonova so'nggi 12-turda oq donalarda harakat qildi va rossiyalik raqibasi Ekaterina Kabanovani mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu g'alabadan so'ng shaxmatchimiz 12 imkoniyatdan 7 ochko jamg'ardi va jahon chempionatining rapid bahslarini qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 34-o'rinda yakunladi. 26-pog'onadagi rossiyalik Evgeniya Ovod ham Gulruhbegim singari 7 ochko jamg'ardi. 

O'n ikki imkoniyatdan 10 ochko jamg'argan xitoylik xalqaro grossmeyster, amaldagi jahon chempioni Ju Ven Jun rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha ham jahon chempionlik unvonini rasmiylashtirdi. Tohirjonova bir oy oldin o'tkazilgan jahon chempionatining chorak finalida aynan Ven Junga tay-brekda imkoniyatni boy bergan edi. 

Peshqadamdan bir ochkoga ortda qolib ketgan eronlik Sarasadat Xademalsharex va rossiyalik Aleksandra Goryachkina kuchli uchlikdan joy olishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing